«ashraf g‘ani» tegli maqolalar


OAV: Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekiston orqali qochgan
6 oktabr 2021, 22:10

OAV: Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekiston orqali qochgan

Afg‘onistonning Hasht e Subh Daily gazetasi mamlakatning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining qochish tafsilotlarini yoritdi. Nashrning yozishicha, u va uning atrofidagilar avval O‘zbekistonga borib, Termiz aeroportida bir kundan ko‘proq qolishgan, so‘ngra Qozog‘iston aviakompaniyasi samolyoti bilan BAAga uchishgan.

«Butun Panjsher vodiysi kurashga tayyor» — Tolibonga qarshilik kuchlari yetakchisi
27 avgust 2021, 10:58

«Butun Panjsher vodiysi kurashga tayyor» — Tolibonga qarshilik kuchlari yetakchisi

Panjsher viloyatidagi toliblarga qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’ud Rossiyaning RBK nashriga intervyu berdi. U o‘zi bilan birga qancha jangchilar borligi, uning tarafdorlari kimlar ekanligi, qo‘shni va boshqa xorij davlatlaridan harbiy ko‘mak olayotgani yoki yo‘qligi hamda G‘ani rejimi nima sababdan bunchalik tez qulagani haqida fikr bildirdi. Qolaversa, Rossiya o‘z manfaatini ko‘zlagan holda toliblarga bosim o‘tkazishi lozimligini ta’kidladi. «Gazeta.uz» intervyuning tarjimasini taqdim qiladi.

Ashraf G‘ani tez orada Afg‘onistonga qaytishga va’da berdi
19 avgust 2021, 11:22

Ashraf G‘ani tez orada Afg‘onistonga qaytishga va’da berdi

Ashraf G‘ani videomurojaat bilan chiqib, Afg‘onistonni tark etishini «qon to‘kilishini oldini olish zarurati» bilan izohladi. Siyosatchi tez orada mamlakatga qaytishga va’da berdi. Shuningdek u «Afg‘onistonda adolatga erishish uchun» harakatlarini davom ettirishini ta’kidlab, afg‘onlar manfaati uchun kurashmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Ashraf G‘ani oilasi bilan BAAda
18 avgust 2021, 20:17

Ashraf G‘ani oilasi bilan BAAda

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida, deya xabar qildi mazkur mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

Ashraf G‘ani, Abdul-rashid Do‘stum va boshqa Afg‘oniston yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi
17 avgust 2021, 18:23

Ashraf G‘ani, Abdul-rashid Do‘stum va boshqa Afg‘oniston yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi

Dunyo axborot agentligi O‘zbekiston hududida Afg‘oniston etnik guruhlarining arboblari va yetakchilari yo‘qligini ma’lum qildi.

Afg‘onistonlik marshal Do‘stum O‘zbekistonda — OAV
17 avgust 2021, 01:10

Afg‘onistonlik marshal Do‘stum O‘zbekistonda — OAV

Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi. Toliblar mamlakatda Islom amirligini tuzmoqchi
16 avgust 2021, 00:47

Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi. Toliblar mamlakatda Islom amirligini tuzmoqchi

Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Afg‘onistonni tark etdi. OAVlar xabariga ko‘ra, davlat rahbari Tojikiston orqali Ummonga yetib borgan. Biroq, New York Times u ayoli va ikki nafar yordamchisi bilan O‘zbekistonga yo‘l olganiga ishontirmoqda. Prezident saroyini qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati a’zolari esa Afg‘oniston Islom amirligi tuzilganini e’lon qilishni ko‘zlayapti.

«Toliblar bilan muzokara olib borish uchun barcha choralardan foydalanyapmiz» — Ashraf G‘ani
16 iyul 2021, 20:34

«Toliblar bilan muzokara olib borish uchun barcha choralardan foydalanyapmiz» — Ashraf G‘ani

«Tolibon» taklif qilgan yagona tanlov — ular tomonga o‘tish yoki taslim bo‘lish, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha konferensiyada. U hukumat toliblar bilan muzokaralar olib borish va ularga yon bosmaslik uchun barcha choralardan foydalanilayotganini qo‘shimcha qildi.

«Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda» — Shavkat Mirziyoyev
16 iyul 2021, 18:25

«Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirayotganini aytdi. U shuningdek, afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga ishonch bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘ani bilan uchrashdi
15 iyul 2021, 19:18

Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘ani bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani Toshkentdagi uchrashuvda afg‘on mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligi ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting